Ma'muriy-boshqaruv faoliyat › Yordam markazi
Yo'riqnomani yuklab olish
UZ RU EN
Rollar hali qo'shilmagan
Menyuni almashtirish

Yo'riqnoma

Yordam markazi

Murojaatlar ro‘yxatini holati bo‘yicha filtrlash va mavzu yoki ijrochi nomidan qidirish bo‘yicha qo‘llanma.

Ochiq

MUROJAATLAR (TICKET) BILAN ISHLASH

Murojaatlar sahifasida foydalanuvchilar yuborgan ticketlarni ko‘rish, holati bo‘yicha saralash va keraklisini qidirish mumkin.

MUROJAATNI TOPISH

1. “Status” ro‘yxatini oching. Qidirish maydoniga holat nomini yozing yoki ro‘yxatdan tanlang:

• “Barchasi” — barcha murojaatlar.

• “Kutilmoqda” — javob yoki ko‘rib chiqish kutilayotgan murojaatlar.

• “Bajarilmoqda” — ishlov berilayotgan murojaatlar.

• “Bajarildi” — yakunlangan murojaatlar.

• “Bajarilmadi” — bajarilmagan murojaatlar.

2. “Mavzu yoki ijrochi...” qidiruv maydoniga murojaat mavzusi yoki ijrochi ismini kiriting.

3. Natijalarni tekshiring. Murojaat topilmasa, qidiruv matnini qisqartiring yoki “Barchasi”ni tanlab qayta qidiring.

ESLATMA

Filtr va qidiruv birgalikda ishlaydi: tanlangan holatga va qidiruv so‘ziga mos murojaatlar ko‘rsatiladi. Mos yozuv topilmasa, filtrni tekshirib qayta qidiring.