Yo'riqnoma
Resurs markazi
Resource Center orqali markaziy katalogdan fan resurslarini tanlangan semestr va lokal fanga biriktirish, yangilanishlarni tekshirish va amallar tarixini ko'rish bo'yicha qo'llanma.
RESURS MARKAZI: ISHLASH BO'YICHA QO'LLANMA
Maqsad
Resurs markazi markaziy katalogdagi fan resurslarini HEMIS filialidagi tegishli lokal fanga va semestrga bog'lash uchun ishlatiladi. Filial bazasiga materiallarning nusxasi ko'chirilmaydi; markaziy reliz bilan bog'lanish UUID orqali saqlanadi.
Ishni boshlash
1. HEMIS menyusidan “Resurs markazi” bo'limini oching.
2. Yuqoridagi ulanish holatini tekshiring. “Ulangan” ko'rsatilsa, davom eting. Ulanish bo'lmasa, tizim administratori bilan bog'laning. Server manzili va ulanish sozlamalari “Resource Center sozlamalari” bo'limida boshqariladi.
3. Semestr ro'yxatidan kerakli semestrni tanlang. “Lokal fan” ro'yxatidan shu semestrda ishlanadigan faningizni tanlang.
Markaziy katalogdan resurs olish yoki yangilash
1. Tanlangan semestr va lokal fan to'g'riligini yana bir bor tekshiring.
2. “Markaziy katalogni olish” tugmasini bosing.
3. Katalogdagi mos fan va versiya ma'lumotlarini tekshiring. Bosh sahifaning yuqorisida yangi versiya haqida qizil ogohlantirish chiqsa, ko'rsatilgan fan, semestr va versiya ma'lumotlariga e'tibor bering. Ogohlantirish ko'rsatilgan fan uchun yangi versiya mavjudligini bildiradi.
4. Ogohlantirishdagi ko'rsatmaga muvofiq, tegishli semestr va lokal fanni tanlab, yangi versiya resurslarini qayta biriktiring. Boshqa fan yoki semestr tanlanmaganini tekshirmasdan davom etmang.
5. Amal yakunlangach, natijani “Harakatlar tarixi” jadvalidan tekshiring. “Muvaffaqiyatli” holati amal bajarilganini, “Xatolik” esa amal bajarilmaganini bildiradi.
Amallar tarixini ko'rish
“Harakatlar tarixi” bo'limida sana-vaqt, foydalanuvchi, bajarilgan amal, tafsilotlar va natija ko'rsatiladi. Jadvalda Resource Center bo'yicha eng so'nggi 30 ta amal ko'rinadi; maxfiy tokenlar tarixga yozilmaydi. Muammoni aniqlash uchun xatolik qatoridagi server, domen, semestr yoki lokal fan haqidagi tafsilotlarni tekshiring.
Eslatma: yangilashdan oldin semestr va lokal fanni sinchiklab tekshiring. Ulanish xatosi takrorlansa yoki noto'g'ri fan tanlangan bo'lsa, qayta-qayta amal bajarish o'rniga tizim administratoriga murojaat qiling.